⚡️»Toza qo’llar» dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida ishchi guruh tashkil etildi

15 мая, 2025

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog’liqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida ichimlik suvi hamda sanitariya-gigiyena infra tuzilmasini kengaytirishga qaratilgan «Toza qo’llar» dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida 2025-yil 6-maydagi 297-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kuchaytirilgan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

📌Mazkur vazifalar ijrosi Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan amalga oshirilib, quyidagilar bo’yicha o’rganish o’tkazildi:

➖DMTT mavjud guruhlardagi hojatxonalarning ta’ mirlanganligi;
➖Issiq- sovuq suv, kanalizatsiya elektr toki ishchi holatdaligi;
➖Hojatxonadagi qo’l yuvish chanoqlarito’liq ish holatdaligi;
➖San-texnik jihozlarining uzliksiz yuvishi va ishlashi;
➖Sanitariya-gigiyena obektlari (hojatxona)ga yo’l ko’rsatuvchi alohida belgilar va yozuvlar borligi;
➖Har bir sanitariya-gigiyena obektlari toifasi (o’quvchilar, xodimlar uchun)
➖Hojatxonaning kirish eshigida jins belgisi, yosh va nogironligi bo’lgan shaxslar uchun mo’ljallangan belgilar o’rnatilganligi;
➖Tozalash va zararsizlantirish ishlarini o’z vaqtida amalga oshirilishi hamda ushbu tadbirlarni amalga oshiruvchi xodimlar maxsus ish kiyimi bilan ta’minlanishi;
➖San-texnik nosozliklar aniqlanganda zudlik bilan bartaraf etish va mas’ullarning xabardor etilishi;
➖Qo’l quritish qurilmasi yoki qog’oz sochiqlar bilan ta’minlanganligi;
➖Chiqindi qutisi (alohida politilen qoplar bilan) ta’minlanganligi;
➖Sanitariya-gigiyena vositalar, hidni bartaraf qilish vositalari (dezodorant yoki maxsus filtr) mavjudligi;
➖qulay ko’zgu va boshqa qulayliklar) tashkil etilganligi yuzasidan ogohlantiriuvchi nazorat tadbirlari amalga oshirildi.

✅Barcha maktabgacha ta’lim tashkiloti mas’ullariga nisbatan yuqoridagi talablarning ijrosini belgilangan muddat ichida ta’minlanishi bo’yicha ko’rsatmalar berilib, maxsus yozma talabnomalar ham taqdim etildi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий