



Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi tomonidan aholining salomatligini saqlash, iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida muntazam ravishda profilaktik nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
‼️Xususan, tumandagi «Chinor» hamda «Bilimdon» mahallalarida joylashgan ayrim oziq-ovqat do‘konlarida o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida bir qator sanitariya me’yorlariga zid holatlar aniqlandi. Jumladan, do‘konlarda sotuvga qo‘yilgan 15 kg chuchvara, 8 kg somsa xamiri hamda 5 kg lag‘mon xamiri mahsulotlari savdosi kuzatildi. Ushbu mahsulotlarda:
🔹 Ishlab chiqarilgan sana, muddati, ishlab chiqaruvchi korxona haqida ma’lumotlar ko‘rsatilmagan;
🔹 Sifat va xavfsizlikni kafolatlovchi hech qanday hujjat yoki sertifikat taqdim etilmagan;
🔹 Mahsulotlar saqlanishi lozim bo‘lgan haroratda emas, sanitariya talablariga zid sharoitda saqlanayotganligi ma’lum bo’ldi.
⚠️Aniqlangan holatlar asosida yuqoridagi mahsulotlar savdodan darhol olib tashlandi hamda ularni sotuvga qo‘yilmasligi haqida tegishli ogohlantirish berildi. Shuningdek, do‘kon egalari bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi