Og’zaki murojaatlar joyida bartaraf etilmoqda

14 мая, 2025

Xabaringiz bor, tumandagi dehqon bozorlarida, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mas’ul xodimlari tomonidan kunlik navbatchilik qismi tashkil etilgan bo’lib, kun davomida, bozor hududining sanitariya holati, mahsulotlarning sifati, tozalik ishlarining muntazam ravishda olib borilishi nazoratga olingan.

‼️Bugun Mirobod dehqon bozori savdo do’konlaridan non mahsulotlaridan xarid qilgan fuqarolar, butunligi buzilganligi va o’z xususiyatlarini yo’qotganligi yuzasidan og’zaki shikoyat bildirgan. Mazkur murojaatga asosan, bozor ma’muriyati, Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda o’rganish o’tkazildi.

🍞Non mahsulotining iste’molga mutlaqo yaroqsiz ekanligi ma’lum bo’lgach, oziq-ovqat do’koni sotuvchilariga ogohlantiruvchi sanitariya targ’iboti o’tkazilib, tushuntirish olib borildi. Shuningdek, bu turdagi non va non mahsulotlarini zudlik bilan ishlab chiqarilgan korxonaga qaytarib yuborishi bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

Оставьте комментарий