




Aholi salomatligini saqlash va yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mutaxassislari tomonidan «Chinor» mahallasida profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
✅Tadbir doirasida aholiga gigiyena qoidalariga rioya qilish, ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash, yuqumli kasalliklarning erta belgilari va ularning oldini olish choralari, vaksinatsiya samaradorligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, targ‘ibot ishtirokchilariga mavzuga oid eslatma va bukletlar tarqatildi.
✅Mazkur chora-tadbirlar aholining sanitariya madaniyatini yuksaltirish, kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.