

O‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari ochiq suv manbalarining sanitariya holatini baholash, shuningdek, ichimlik suvi sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlash va ularning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📌Xususan Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi Epidemiologiya va immunoprofilaktika bo’linmasi mutaxassislari tomonidan tumanda joylashgan ochiq suv havzalaridan ish rejaga muvofiq suv namunalari olindi.
💧Mazkur ishlar gigiyena talablari va amaldagi Sanitariya normalariga muvofiq ravishda amalga oshirildi. Olingan suv namunalari tuman bakteriologik laboratoriyasida chuqur tahlil qilinib, tarkibidagi mikrobiologik va kimyoviy ko‘rsatkichlar aniqlanishi uchun yuborildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi