


Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi tomonidan aholi salomatligini saqlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularning tarqalishining oldini olish maqsadida mahallalarda keng ko‘lamli sanitariya-profilaktika targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
✅Xususan, «Ziyonur» mahallasi fuqarolari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularga yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, profilaktik chora-tadbirlari va shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
✅Targ‘ibot jarayonida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholi sanitariya madaniyatini oshirish, ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi, shuningdek, mavsumiy kasalliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚠️Ushbu profilaktik ishlar mahalliy aholi tomonidan ijobiy kutib olindi va ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, kelgusida ham bunday tadbirlar tizimli ravishda ushbu mahalla aholisi bilan davom ettirilishi belgilab olindi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi