Ikkilamchi idishlarda sotilayotgan sut mahsulotlari brakeraj qilindi

13 мая, 2025

Oziq-ovqatdan zaharlanishlarga erta barham berish maqsadida, tumandagi bozorlarda navbatchilik qismlari tashkil etilib, ularning sanitariya holati, mahsulotlarning sifati nazoratga olingan.

‼️Xususan, Beshqo’rg’on MCHJ ga qarashli Munis bozorida Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi xodimlari tomonidan o’tkazilgan profilaktik targ’ibot tadbirlari davomida, bozor rastalaridagi mahsulotlarning sifati, yaroqliligi monitoringdan o’tkazildi.

✅Ushbu tadbir davomida, sifati va xavfsizligini kafolatlovchi hujjatlarga ega bo’lmagan, ikkilamchi idishlarda saqlanib, aholi iste’moli uchun sotilayotgan 10 litr sut va sut mahsulotlari tegishli tartibda savdodan olinib, brakeraj qilindi.

✅Aytish joizki, yangi sut muzlatgichda 48 soatgacha, qaynatilgan sut esa muzlatgichda 3 kungacha saqlanishi mumkin. Xona haroratida yangi sut 10 soatgacha, qaynatilgan sut esa 18 soat davomida saqlanadi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий