Bakteriologik tekshiruv uchun namunalar olindi

13 мая, 2025

‼️Bugun Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi Bakteriologik laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan rejaga muvofiq 5-son Tumanlararo ftiziatriya dispanserida bakteriologik tekshiruv ishlari o’tkazildi.

✅Tekshiruv davomida:

➖tashqi muhit obyektlaridan;
➖ishchi xodimlar va ularning ust-bosh kiyimlaridan;
➖foydalanilgan barcha tibbiy jihozlardan surtma namunalar;
➖oqava suv tizimidan suv namunasi hamda havodan bakteriologik tekshiruv uchun belgilangan miqdorda tahlil namunalari olinib, tuman laboratoriyasiga keltirildi.

✅Shuningdek, olingan barcha tahlillar tuman laboratoriyasiga keltirilib bakteriologik ish jarayonlari davom ettirildi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий