Shartnoma asosida profilaktik deratizatsiya tadbirlari o’tkazildi

12 мая, 2025

📌Yuqumli kasalliklarni oldini olish va ularga erta barham berish maqsadida, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi dezinfektor xodimlari tomonidan shartnoma asosida «Birodarlik»hamda «Abdulla Avloniy» mahallasida joylashgan ko’p qavatli xonadonlarning yerto’lasida kemiruvchilarga qarshi profilaktik deratizatsiya ishlari amalga oshirildi.

⚠️Deratizatsiya jarayonida, yo’lakning kirish qismlari chetlariga, quvirlar yoniga kemiruvchilarga qarshi maxsus dorilar qo’yilib, deratizatsiya ishlari olib borildi. Bundan tashqari tashqi muhit obyektlariga maxsus kimyoviy vositalar yordamida ishlov berilib, to’liq zararsizlantirildi.

✅Bu kabi profilaktik tadbirlarni barcha ta’lim muassasalari, korxonalar, davolash profilaktika muassalarida muntazam ravishda o’tkazib borilishi muhimdir. Har qanday kasalliklarni davolagandan ko’ra, uni oldini olgan afzaldir.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий