




Murojaatning mazmuniga ko’ra, Mirobod dehqon bozori hududlarida joylashgan ariqlardan noxush hid kelishi sababli fuqarolarning e’tirozlariga sabab bo’lgan. Shu boisdan Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mas’ul xodimlari tomonidan joyiga borgan holda o’rganish ishlari olib borildi.
🔹Shuningdek, ariqlar va zovurlar hamda irrigatsiya tarmoqlarida entomologik tekshiruv o’tkazilib, laborator usullar yordamida parazitar kasalliklarni erta aniqlash va ularni oldini olish uchun namunalar olindi.
🔹Bundan tashqari, bozor mutasaddilari tomonidan ariqlar to’liq tozalanib, yig’ilgan chiqindilar olib ketildi va maxsus kimyoviy vositalar yordamida zararsizlantirish ishlari o’tkazilishi to’liq nazoratga olindi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi