Mahalla aholisi o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga oid targ‘ibot tadbirlari olib borildi

12 мая, 2025

«Furqat» hamda «Yuksalish» mahallalar hududida Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mutaxassislari tomonidan aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish tartibi bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

✅Tadbir davomida fuqarolarga shaxsiy va jamoat gigiyenasi, turar joy hamda atrof-muhitni toza saqlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish borasida amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, ichimlik suvi xavfsizligi, oziq-ovqat mahsulotlarining iste’molga yaroqliligi va ularni to‘g‘ri saqlash tartiblari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

‼️Mutaxassislar tomonidan targ‘ibot materiali sifatida buklet va eslatmalar tarqatilib, fuqarolarning savollariga javoblar berildi. Ushbu tadbir aholining sanitariya madaniyatini yanada oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda profilaktik choralarni kuchaytirishga asoslanganligini eslatib o’tamiz.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий