



Ommaviy ovqatdan zaharlanishlarni oldini olish maqsadida, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mutaxassislari tomonidan Mironshox 8-tor ko’chasida joylashgan somsaxonaning sanitariya holati bo’yicha nazorat o’rnatildi.
✅Aytish joizki, o’rganishlar davomida, hech qanday hujjatlarga ega bo’lmagan holatda, noqonuniy va belgilanmagan joylarda, ishchi xodimlarning davriy tibbiy ko’rikdan o’tmadan faoliyat olib borilishi ma’lum bo’ldi.
✅Shuningdek, Sanitariya qoida va me’yor talablariga mutlaqo amal qilmasdan ishlayotganligi uchun somsa pechlari joyidan oldirilib, noqonuniy savdo faoliyati to’xtatildi. Holat bo’yicha mas’ullarga sanitariya qoidalariga oid ko’rsatmalar berilib, tushuntirish olib borildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi