Iste’molga mutlaqo yaroqsiz bo’lgan 30 litr ayron brakeraj qilindi

12 мая, 2025

Barchamizga xush keluvchi salqin ichimliklar, yo’l yuzini egallab, aholi iste’moli uchun issiq jaziramalarda chanqog’ini bosish ilinjida sotilayotgan bo’lsada, aslida, hech qanday hujjatlarga ega emasligi, «Mendan ketguncha-egasiga yetguncha» qabilida ish ko’rishlari oqibatida, ko’plab zaharlanishlar, oshqozon xastaliklariga omil yaratishlari bu achinarli haqiqatdir.

📌Xususan, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mas’ullari tomonidan amalga oshirilayotgan reyd tadbirlari davomida, antisanitar holatda, sifati kafolatlanmagan, qonun talablariga zid ravishda, taqiqlangan mahsulotlarning sotilishi aniqlandi.

Bunga ko’ra, Qo’yliq ota ko’chasi bo’ylab olib borilgan o’rganishlar natijasida, sotish texnikalariga mutlaqo mos kelmagan, noma’lum uy sharoitida tayyorlangan 30 lit ayron tegishli tartibda savdodan oldirildi va yo’q qilish choralari ko’rildi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий