









Mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan o’rganishlar natijasida, yaroqlilik muddati o’tgan, sifati kafolatlanmagan, butunligi buzilgan hamda o’z xususiyatlarini yo’qotgan 20 ta mog’orlagan non, 12 kg banan, 6 kg lagʻmon xamiri, 5 kg somsa xamiri, 9 ta idishda mayonez mahsulotlar savdosi aniqlandi va iste’molga yaroqsiz deb topilgan mahsulotlari tegishli tartibda savdodan oldirilib, yo’q qilish choralari ko’rildi.
‼️Mazkur reyd tadbirlari, «Yangi qo’yliq» hamda «Oltinko’l» mahallasida joylashgan oziq-ovqat do’konlarida, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mutaxassislari tomonidan mahsulotlarni yaroqlilik muddati, yorliqlari, sifati va xavfsizligini o’rganish davomida ma’lum bo’ldi.
Bundan tashqari, Farg’ona hamda Mirobod dehqon bozorlarida organoleptik xususiyatini yo’qotib zaharlanishga sabab bo’luvchi 12 kg gulkaram, 10 kg pomidor, 10 kg bulg’or qalampiri, 6 kg olma, 5 kg aralash xo’l meva (olma, nok, limon), 5 kg ko’katlar, 3 kg qalampir mahsulotlari savdodan olindi va belgilangan tartibda utilizatsiya qilindi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi