“Hammani emlashga erishish o‘z qo‘limizda” shiori ostida immunizatsiya haftaligi o’tkazilmoqda

1 мая, 2025

Xabaringiz bor, JSST tomonidan 27- apreldan 3-mayga qadar «Yevropada immunizatsiya haftaligi» deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi tomonidan tumandagi oilaviy poliklinikalarda o’tkazilayotgan vaksinatsiya tadbirlari nazoratga olindi.

‼️Xususan, 1-son Oilaviy poliklinikasida emlashdan avval yosh bolalar tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, salomatligi bo’yicha xulosalarga ega bo’lganidan so’ng, milliy emlash kalendariga asosan, shol, qizamiq-qizilcha, epidemik-parotit, pnevmaniya, hip-infeksiyasi, virusli gepatit hamda sil kasalliklariga qarshi emlash jarayonlari amalga oshirildi.

Eslatib o’tamiz, hozirgi kunda O’zbekistonda 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ishlari, milliy emlash kalendariga ko’ra olib boriladi. Emlash jarayonlari- yuqumli kasalliklarni oldini olishda eng samarali usul hisoblanadi. Albatta bu jarayonlar o’z vaqtida, belgilangan muddatlarda o’tkazilsa, yuqumli kasalliklarga qarshi imunitet shakllanishi yuzaga keladi va yuqumli kasalliklar bilan muloqotda bo’lganda, kasallikdan himoyalangan bo’ladi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий