Ochiq suv havzalaridan suv namunalari olindi

1 мая, 2025

Har bir obyektdan foydalanadigan suv muayyan standartlarga muvofiq tekshirilishi va tasdiqlanishi kerak. Suvning tozaligini va foydalanish yoki ichishga yaroqliligini aniqlash uchun u turli sinovlar, tahlillar va nazoratlardan o’tishi kerak. Suv namunalaridagi sinov va tahlil usullari kabi namunaning to’g’ri olinishi ham muhimdir.

📌Xususan Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi xodimlari tomonidan yuqumli va parazitar kasalliklarni erta aniqlash va ularni oldini olish maqsadida, tumanda joylashgan Qorasuv kanali va ochiq suv havzalari entomologik tekshiruv o’tkazildi va ish rejaga muvofiq suv namunalari olindi.

💧Olingan barcha tahlil namunalari tuman bo’limiga keltirildi va yuqumli kasalliklarni erta aniqlash yuzasidan laboratoriya tekshiruvidan o’tkazildi.

🔬Parazitologiya laboratoriyasi tomonidan o’tkazilgan tekshiruv natijasiga ko’ra, olingan suv namunasidan (ostritsa) gijja tuxumi aniqlandi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий