Sifati kafolatlanmagan qiyma go’shti zaharlanishga sabab bo’ladi (mi?)

1 мая, 2025

Go’sht va go’sht mahsulotlarini tahlil qilish go’sht sifatini aniqlash, shuningdek ozuqa tarkibini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Go’shtni tekshirish ishlari go’shtni qayta ishlashdan oldin va keyin jonli hayvonlar, go’shtni sotish joylari nazoratidan boshlab amalga oshiriladi. Aslida, bu tekshiruvlar va tahlillar faqat talab yoki shikoyat bo’yicha emas, balki ma’lum bir tartibda amalga oshirilishi kerak.

📌Bugun Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi xodimlari tomonidan Mirobod dehqon bozorida navbatdagi sanitariya nazorat tadbirlari o’tkazildi va mahsulotlarning sifati hamda bozorning sanitar holati ko’zdan kechirildi.

🔹Nazorat davomida, tayyorlanishi noma’lum bo’lgan, sifati kafolatlanmagan 11 kg qiyma mahsulotlari savdosi aniqlandi va Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan birgalikda o’rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.

✅Eslatib o’tamiz, go’sht va go’sht mahsulotlari, xususan tayyorlanishi noma’lum bo’lgan qiyma go’shtini sotish, sotib olish va iste’mol qilish, aholi salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi, shuningdek, oshqozon ichak faoliyatining buzilishiga sabab bo’lishi mumkin.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий