Stomatologiya klinikalarida shartnoma asosida profilaktik dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirildi

1 мая, 2025

📌Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi dezinfektor xodimlari tomonidan belgilangan tartibda, “Furqat” mahallasida joylashgan “TOSHKENT DENTAL IMPLANT” stomatologiya klinikasida shartnoma asosida profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi.

✅Mazkur tadbirlar aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi. Dezinfeksiya ishlari maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan belgilangan me’yor va texnik reglamentlarga muvofiq olib borildi.

✅Tadbirlar davomida korxonaning xizmat ko‘rsatish obyektlarida zaruriy dezinfeksiyalovchi vositalar qo‘llanildi hamda hududlar to‘liq qamrab olindi.

‼️Bunday profilaktik choralar tumandagi ta’lim tashkilotlarida va barcha davolash profilaktika muassasalarida tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий