







📌Biznes ombudsmanda olingan ruxsatnoma asosida Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mudiri Dilnoza Axmedova hamda mas’ul mutaxassislari tomonidan “Temiryo’lchilar” mahallasida joylashgan “KHSULTONOV” MCHJ ga qarashli mehmonxonaning sanitariya holati yuzasidan koordinatsion tekshiruv o’tkazildi.
‼️Tekshiruv davomida:
➖mehmonxonaning sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinganligi;
➖oshxona, umumiy zallar, tamaddixonalar, qo’l yuvish xonasi hamda hojatxonalarda tozalik ishlarini o’z vaqtida sifatli olib borilganligi;
➖yuqumli kasalliklarni oldini olishda dezinfeksiya tadbirlarini muntazam ravishda o’tkazib borishda shartnomalar tuzilganligi;
➖ishchi xodimlarning davriy tibbiy ko’rikdan o’tganligi;
➖maxsus ust-bosh kiyimlar bilan ta’minlanganligi hamda xodimlarning sanminimmum o’quv kursida ta’lim olganliklari bo’yicha o’rganish o’tkazildi.
✅Shuningdek, tashqi muhitlardan va barcha sirtlardan bakteriologik tekshiruv uchun tahlil namunalari olinib, tuman laboratoriyasiga yuborildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi