






‼️Bugun Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi xodimlarining aholi o’rtasida ommaviy zaharlanishini oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari davomida, zaharlanishga sabab bo’luvchi mahsulotlar savdosi aniqlandi va mazkur holatlar oldi olindi.
🔹Beshqo’rg’on MCHJ ga qarashli Munis bozorining go’sht mahsulotlari savdo rastalarida tayyorlanishi noma’lum bo’lgan, xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo’lmagan 15 kg qiyma go’shti mahsulotlari savdodan olindi va Veterinariya-Sanitariya ekspertiza laboratoriyasi mas’ullari tomonidan tegishli tartbida brakeraj qilindi.
🔹Shuningdek, «Navro’z» hamda «Fitrat» mahallasida joylashgan oziq-ovqat savdo do’konlarida organoleptik xususiyatlarini yo’qotgan, butunligi buzilgan va iste’molga yaroqsiz bo’lgan 15 kg banan, mandarin, olma, 6 kg lag’mon xamiri va chuchvara, 4 kg sabzi, mahsulotlari tegishli tartibda savdodan olinib, yo’q qilish choralari ko’rildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi