Mahallalarda yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan sanitariya targ‘iboti o‘tkazildi

2 мая, 2025

Tumandagi «Oltinko’l», «Tolariq» hamda «Ziyonur» mahallasi fuqarolari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularga yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, profilaktik chora-tadbirlari va shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

‼️Qayd etish joizki, bu kabi targ’ibot tadbirlari, Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi tomonidan mahallala aholisining sanitariya madaniyatini yanada shakllantirish, fuqarolar salomatligini saqlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularning tarqalishiga erta barham berish maqsadida tashkil etilmoqda.

✅Targ‘ibot jarayonida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholi sanitariya madaniyatini oshirish, ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi, shuningdek, mavsumiy kasalliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚠️Ushbu profilaktik ishlar mahalliy aholi tomonidan ijobiy kutib olindi va ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Aytish joizki, mazkur targ’ibot tadbirlari tumandagi barcha 39 ta mahalla aholisi bilan keng qamrovda olib borilmoqda.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий