



“Ziyonur” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylar hududida Respublika bo‘yicha “Parazitar kasalliklar profilaktikasi chora-tadbirlarini rivojlantirish to‘g‘risida”gi buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida, Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limining parazitologiya laboratoriyasi xodimlari tomonidan entomologik tekshiruv ishlari olib borildi.
‼️Tekshiruv davomida maxsus probirkalar yordamida chivinlarning mavjudligi o‘rganilib, hududdagi epidemiologik holat baholandi.
⚠️Qayd etish joizki, parazitar kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va samarali profilaktika choralarini belgilashda entomologik tekshiruvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday tadbirlar orqali yashirin kechuvchi yoki xavf tug‘diruvchi kasalliklarning oldi olinadi.
✅O‘tkazilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, mazkur hududda chivin lichinkalari aniqlanmadi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi