




‼️Bugun Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan «Qizamiq hamda o’tkir yuqumli ichak kasalliklarini oldini olish chora-tadbirlari» yuzasidan tumandagi 2-sonli oilaviy poliklinika muassasasi xodimlari ishtirokida o’quv seminari tashkil etildi.
✅Qayd etish joizki, qizamiq hamda o’tkir yuqumli ichak kasalligi bo‘yicha tashkil etilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora- tadbirlarni tashkil etilishi, qizamiqqa qarshi epidemik ko‘rsatmalarga ko‘ra va profilaktik emlash ishlarining to’g’ri tashkil qilinganligi, shuningdek epidemik mavsum davomida oilaviy poliklinika ishining belgilangan tartibda tashkil etilishi va faoliyati bo’yicha nazorat ishlari o‘tkazildi.
✅Yuqumli kasalliklarni oldini olishda mutaxassislar bilan fikr almashish, yangi tajribalarni amalda qo’llash muhim ahamiyatga ega. Tibbiyot muassasalari yosh xodimlarining bilim va ko’nikmalarini yanada oshirish, shuningdek, ish rejasiga asosan vazifalarni muhokama qilish kasalliklarni o’z vaqtida oldini olishda muhim ahamiyatga egadir.
✅Seminar mashg’ulotlari o’tkazilgandan so’ng, tibbiyot xodimlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berilib, ish salohiyatini oshirishga oid tavsiyalar berildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi