









‼️Ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarning xavfsiz va sog’lom ovqatlanishini tashkil etish maqsadida, Mirobod tumani hokim o’rinbosari Saidrasul Saidxonov, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mudiri Dilnoza Axmedova hamda tuman MMTB boshlig’i Muxtabar Maraimovalar tomonidan tumandagi 389, 398, 440- sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oshxonalarida o’rganish olib borishdi.
➖dmtt oshxonasiga keltirilgan mahsulotlarning tegishli sertifikatlarga ega ekanligi;
➖xom va pishgan mahsulotlar uchun brakeraj jurnali yuritilganligi;
➖dmtt brakeraj komissiyasining ish faoliyati to’g’ri yo’lga qo’yilganligi;
➖xom va pishgan mahsulotlarning to’g’ri saqlanishi;
➖ovqat tayyorlash texnologiyasiga amal qilinishi;
➖taomnoma asosida ovqatlar tayyorlanishi;
➖kunlik tayyorlangan ovqatlardan sinamalar olinganligi;
➖ishchi xodimlarning davriy tibbiy ko’rikdan o’z vaqtida o’tganligi va sanminimmum o’quv kurslarida o’qiganligi hamda maxsus ust-bosh kiyimlar bilan ta’minlanganligi o’rganildi.
✅O’rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarini bartaraf etish yuzasidan 1 kun muddat berildi va Sanitariya qoida va me’yorlariga muvofiq faoliyat olib borishi yuzasidan tushuntirish olib borildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi