Sifati kafolatlanmagan ichimliklar ommaviy iste’moldan saqlandi

3 мая, 2025

‼️Yo’l yuzida noqonuniy chanqoqbosti ichimliklar avj olishini o’z vaqtida bartaraf etish maqsadida, Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan monitoring davomida yo‘l bo‘yida sifati kafolatlanmagan, noqonuniy tarzda sotilayotgan salqin ichimliklar, xususan ayron savdosi aniqlandi.

✅Mazkur mahsulot tumandagi Qo’yliq ota ko’chasida sanitariya-gigiyena talablariga javob bermagan holda fuqaro tomonidan olib borilayotgani ma’lum bo’ldi. Shu sababli xavfsizligini kafolatlovchi yorliqlari ko’rsatilmagan 20 litr ayron belgilangan tartibda brakeraj qilindi.

✅Shuningdek, Beshqo’rg’on bozorining Munis shoxobchasida ikkilamchi idishlarda sotilayotgan 5 litr sut mahsulotlari tegishli tartibda yo’q qilish choralari ko’rildi.

⚠️Shuni alohida ta’kidlash kerakki, sifatsiz va nazoratsiz ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish aholining sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Shu bois fuqarolarni faqat ruxsat etilgan savdo nuqtalaridan, sertifikatlangan mahsulotlarni xarid qilishga chaqiramiz.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi

Оставьте комментарий