Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida shartnomaga muvofiq profilaktik dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirildi

3 мая, 2025

📌Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi dezinfektor xodimlari tomonidan tumandagi 32, 66, 489-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida shartnoma asosida profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi.

✅Mazkur tadbirlar aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi. Dezinfeksiya ishlari maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan belgilangan me’yor va texnik reglamentlarga muvofiq olib borildi.

✅Tadbirlar davomida barcha sirtlarga, mebellarga, kirish yo’laklari va hojatxonalarga zaruriy dezinfeksiyalovchi vositalar qo‘llanildi hamda hududlar to‘liq qamrab olindi.

‼️Eslatib o’tamiz, bu kabi profilaktik choralar tumandagi ta’lim tashkilotlarida va barcha davolash profilaktika muassasalarida tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi