Sog‘lom hayot – sari: mahallalarda sanitariya targ‘iboti kuchaytirildi

5 мая, 2025

Aholi salomatligini saqlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish va profilaktik madaniyatni yuksaltirish maqsadida mahallalarda keng ko‘lamli sanitariya targ‘ibot, tashviqot ishlari olib borilmoqda.

📌Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mutaxassislari tomonidan «Yangi zamon», «Salar» mahallasi hududlarida tashkil etilgan ushbu tadbirlar davomida fuqarolarga yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish yo‘llari hamda shaxsiy va jamoat gigiyenasiga oid zarur tavsiyalar berildi.

‼️Targ‘ibot jarayonida ayniqsa mavsum davomida ko‘payib boruvchi o’tkir yuqumli ichak kasalliklari, suv va oziq-ovqat orqali yuqadigan kasalliklar, teri va nafas yo‘llari infeksiyalariga qarshi kurashish choralariga alohida e’tibor qaratildi. Mahalla fuqarolariga uy sharoitida tozalikni ta’minlash, ichimlik suvini to‘g‘ri saqlash va iste’mol qilish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

⚠️Bu kabi profilaktik tadbirlar aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qiladi va sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi