


Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda sport muhim o‘rin tutadi. Jismoniy faollik inson salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish va umumiy hayot sifatini oshirishga yordam beradi.
📌Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi binosida xodimlar o’rtasida “Sport — salomatlik garovi” mavzusida mashg’ulotlar o’tkazildi.
⛹🏻♀️Shu o’rinda aytish joizki, sport sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi bo‘lib, nafaqat jismoniy, balki ruhiy va ijtimoiy jihatdan ham inson hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun har kuni kamida 30-60 daqiqa jismoniy faollikka vaqt ajratish tavsiya etiladi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi