








‼️Bugun Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi mutaxassislari fuqarolar tomonidan yo’llangan ikki murojaat asosida o’rganish ishlari olib borishdi.
✅Dastlabki obyekt, “Baynalminal” mahallasi Mironshox ko’chasida yashovchi murojaatchining turar joy binosining orqa hovlisiga vaqtinchalik hojatxonalar qurilgan va uning noxush hidi xonadon oshxonasigacha kirib borishi jiddiy e’tiroz va noroziliklarga sabab bo’lgan. Shu boisdan keng qamrovli nazorat o’rnatildi va ushbu hojatxona joyida buzdirilib, muammo to’liq bartaraf etildi.
✅Navbatdagi murojaatga ko’ra, Oybek ko’chasida joylashgan Xitoy taomlari oshxonasida tayyorlangan ovqatlar hidi turar joy binolariga kirib, aholining e’tirozlariga sabab bo’lgan. Mazkur murojaat asosida ovqatlanish shoxobchasida dud bo’ronlarining to’g’ri joylashganligi va soz holatdaligi bo’yicha o’rganish olib borildi va mas’ul xodimlarga Sanitariya qoida va me’yorlariga to’liq amal qilgan holda faoliyat olib borish yuzasidan ko’rsatmalar berildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Mirobod tumani bo’limi